У нас есть только
оригинальные песни

Xaver Zanetti: Messi beshinchi marta "Oltin to'p"ga ega chiqadi

calendar 17.12.2015
1174

"Inter" jamoasining argentinalik sobiq futbolchisi Xaver Zanetti "Barselona"ning hujumchisi, o'z vatandoshi Lionel Messining 2015 yilgi "Oltin to'p"ni ham qo'lga kiritishiga ishonch bildirdi.

"Messi dunyoning eng kuchli futbolchisi. U beshinchi marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga loyiq. Unga faqat olqish yog'dirish kerak", — deydi Zanetti El Mundo Deportivo nashriga.

Eslatib o'tamiz, 2015 yilgi mavsum uchun "Oltin to'p"ga da'vogar asosiy 3 futbolchi qatorida Lionel Messidan tashqari "Barselona"ning braziliyalik hujumchisi Neymar, shuningdek "Real"ning portugaliyalik a'zosi Krishtianu Ronaldu nomlari bor. Taqdirlash marosimi 2016 yilning 11 yanvarida Syurix shahrida bo'lib o'tadi.

Яндекс.Метрика