Xelen Mirren “Forsaj-8” da rol o'ynaydi

“Oskar” mukofoti sohibasi, britaniyalik aktrisa Xelen Mirren “Forsaj-8” da o'ynaydi, deya xabar beradiAceShowbiz. 

Bir oz avval Mirren mashhur franshizaning yangi qismida suratga tushishi istagi borligini bildirgan edi. 

Aktrisaning aytishiga qaraganda, u ko'proq yovuz rollarni ijro etishni xohlaydi. Keyinchalik, “Forsaj” yulduzi Vin Dizel britaniyalik aktrisaga “o'z istaklari bilan ehtiyot bo'lish kerakligi”ni maslahat berdi.  

Hozircha, Mirenning qaysi rolni ijro etishi aniq emas, ammo aktrisaning shaxsan o'zi “Forsaj-8” da suratga tushishini ma'lum qildi.  

Biroq aktrisa filmda katta tezikdagi mashinani boshqaradimi yo'qmi, bu haqda bildirmagan. 

O'zi ma'lum qilganidek, avtomobil boshqarish aktrisaga har doim yoqqan.  «Men agar  rostmana avtomobil boshqarsam, buningg uchun ular menga ruxsat berishsa, ushbu filmda suratga tushishim mumkinligini aytdim. Natijasini qanday bo'lishini ko'ramiz”, deydi Mirren.

2016 yilning may oyida internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Sharliz Teronning “Forsaj-8”da ifodalangan suratini taqdim etdi. 

Suratda Metallica yozuvi bor futbolka kiyib olgan aktrisa Sharliz Teron yovuzlik qahramoni bo'lib, qurol-yaroq sotuvchi do'konlarning biriga kirgani jarayoni ifodalangan edi.


Комментарии (0) | Добавить: 16.06.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]