У нас есть только
оригинальные песни

Xiaomi Mi 7 simsiz zaryad tizimiga ega bo'lishi rasman tasdiqlandi

calendar 03.01.2018
1446

2017 yilning kuzida Xiaomi kompaniyasining barcha yangi smartfonlari kelgusida ajoyib xususiyatga ega bo'lishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Bugun bu xabarlar rasman o'z tasdig'ini topdi. Shunday ekan, Xiaomi Mi 7 flagmanining Qi texnologiyasi bo'yicha simsiz zaryad tizimiga ega bo'lishi kafolatlanadi.

IDC idorasining ma`lum qilishicha, Xiaomi Mi 7 smartfoni haqiqatda simsiz zaryad texnologiyasiga ega bo'lib, uni simdan foydalanmagan holda zaryadlash mumkin bo'ladi. Kompaniya fanatlari ko'p yillar ana shunday texnik xususiyat haqida orzu qilishgandi, Xiaomi bu yil ularning orzusini amalga oshirishga kirishdi. Akkumulyatorni simsiz zaryad bilan quvvatlantirish magnit induksiya orqali amalga oshiriladi, ya`ni telefonni quvvatlantirish uchun uni maxsus zaryad qurilmasiga qo'yish kerak bo'ladi. 

Xiaomi 2017 yilning ikkinchi yarmida Wireless Power Consortium'ga qo'shildi. Ushbu konsorsiumga simsiz zaryadni qo'llovchi mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirgan taqdirdagina qo'shilish ahamiyat kasb etadi. Xiaomi Mi 7 aynan qanday tezlik bilan zaryadlanishi hozircha noma`lum, biroq telefonni to'liq zaryadlash ikki soatdan ortiqroq vaqt olishi ma`lum. 

Android va iOS'dagi ba`zi top-smartfonlar simsiz zaryad texnologiyasi bilan ta`minlangan, biroq original zaryad qurilmalariga ega bunday smartfonlar narxi juda qimmat. Xiaomi kompaniyasi esa simsiz zaryad tizimini hamyonbop narxda chiqarib, yana bir bor barchani ajablantirishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика