У нас есть только
оригинальные песни

Xiaomi selfisevarlar uchun yangi uskunasini taqdim etdi

calendar 26.02.2017
1823

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi selfisevarlar uchun yangi foydali aksessuari - Mi Tripod Selfie Stick'ni namoyish etdi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy saytida xabar berildi

Yangi jihoz smartfonning frontal kamerasiga s`yomkaga olishga mo'ljallangan monopod hisoblanadi. U zarurat tug'ilganida tripodga (uch oyoqli uskuna) aylanadi. 

Mahsulot alyuminiy qotishmadan iborat teleskopik asos, mobil qurilma uchun 360 darajaga buriluvchi yumshoq qisqich, rezina dasta va masofadan boshqariluvchi pultga  ega. U dastaga mahkamlanib, 10 metrgacha bo'lgan masofadan foydalaniladi. 

Mi Tripod Selfie Stick uskunasi Android 4.3 KitKat, shuningdek iOS 5 va undan keyingi boshqaruv ostidagi smartfonlarga ulanadi. Yig'iluvchi portativ monopod-transformer 155 gramm og'irlikka ega. U qora va kulranglarda taklif etiladi. Narxi - 13 dollar. Hozircha uni faqat Xitoy hududida xarid qilish mumkin.

Яндекс.Метрика