У нас есть только
оригинальные песни

Xiaomi smartfonlarining mashhurligiga 5 sabab

calendar 13.11.2017
1873

Kechagina hamma joyda Samsung va Apple smartfonlari edi, bugun esa Xiaomi'ga qiziqib qolganlar soni talaygina. "Layfxaker" mazkur fenomenni o'rganib, bu smartfonlar mashhurligiga doir besh sababni aniqladi.

 

1. MIUI operatsion tizimi

Xiaomi dastavval Android asosida o'z dasturiy ta`minotini  ishlab chiqqan softver startap bo'lgan. MIUI yetti yillik tarixi davomida Android ekotizimidagi eng mukammal muqobilga aylandi.

MIUI'ning asosiy xususiyatlaridan biri - uning ajoyib interfeysi. Bugungi kunga kelib, bu foydalanishda yoqimli bo'lgan eng ko'rkam qoplamdir. Bundan tashqari, har bir foydalanuvchi uning tashqi ko'rinishini o'z didiga qarab  o'zgartirishi mumkin.

Biroq MIUI faqatgina dizaynerlarning ajoyib mehnat samarasi bilangina mashhur emas. Xiaomi dasturchilari ham o'z ishi ustida juda yaxshigina ter to'kishgan. Mazkur operatsion tizim tarkibiga oddiy Android'da bo'lmagan ko'p qulay buyumlar kiradi. Gap unga o'rnatilgan antivirus, qo'shimcha ish maydoni, ilovalarni klonlash, sensor yordamchi, energosamarali profillar va faqat Xiaomi telefonlari maqtana oladigan ko'plab boshqa optsiyalar haqida bormoqda.

2. Yangilanishlar

Xiaomi kompaniyasi o'z smartfonlarining dasturiy ta`minotini takomillashtirish ustidagi ishlarni bir kunga ham to'xtatmaydi.

MIUI ikki ishlab chiqarish tarmog'iga ajraladi: barqaror va ishlab chiqaruvchilar uchun. Barqaror proshivkalar taxminan oyda bir marta yangilanadi, ishlab chiqaruvchilar versiyasi esa har hafta yangilanadi. Ularda dasturiy ta`minot faoliyatidagi xatolar to'g'irlanadi, yangi funksiya va imkoniyatlar qo'shiladi.

Barcha firmalar ham bunday ta`minot bilan maqtana olmaydi. Boshqa ishlab chiqaruvchilarning smartfonlari odatda taqdimotdan so'ng ikki oy ichida nisbatan qo'pol xatolarni bartaraf etuvchi bir necha patchga ega bo'ladi, shundan keyin dasturchilar nisbatan yangi modellarga o'tishadi.

3. Avtonomlik

Xiaomi'ning hamma gadjyetlari ham rekord sig'imli batareyasi bilan maqtana olmaydi. Biroq bu kompaniya smartfonlari xuddi shunday akkumulyator sig'imiga ega har qanday raqib qurilmadan uzoqroq ishlaydi. 

Ushbu fenomenning yechimi operatsion tizim asoslarida yashirin. MIUI'da gadjyetlarga uning boshqaruvi ostida avtonom faoliyat davomiyligini oshirishga imkon beruvchi qator energosamarali texnologiyalar qo'llanadi. Gap  o'rnatilgan ilovalarning fon faolligini oqilona  boshqarish, xotira optimizatsiyasi va umuman Xiaomi'ning  qator ishlanmalari haqida bormoqda.

4. Xiaomi'ning boshqa gadjyetlari bilan integrallashuv

Xiaomi kompaniyasi nafaqat smartfonlar, balki ko'plab boshqa qurilmalarni ham ishlab chiqaradi. Masalan, aqlli choynaklar, krossovkalar, fitnes-bilakuzuklar, lampalar, velosipedlar, uy datchiklari va hokazo.

Bu mahsulotlarning barchasini ajratib turuvchi jihat - ularning yagona ekotizimni hosil qilib, bir-biri bilan o'zaro integrallashuvi. Ekotizim markazida sizning smartfoningiz bo'lib, undan maxsus ilovalar yordamida barcha qurilmalarni boshqarish imkoni mavjud.

Agar siz Xiaomi smartfonlaridan foydalansangiz, u holda kompaniyaning boshqa gadjyetlari bilan  ham muloqot qilish yanada yoqimli va qulay bo'ladi. Agar bunday maqsadlarda oddiy Android operatsion tizimini qo'llamoqchi bo'lsangiz, muammolarga to'qnash kelishga tayyor turing.

5. Narxi

Kompaniyaning ilk smartfonlari barchani kutilmagan past narxi va raqobatbardosh xususiyatlari bilan hayratga soldi. Buning ajablanarli joyi yo'q: dastlabki vaqtlarda kompaniyaning mobil bo'limi hech qanday daromadlar keltirmagan, ya`ni smartfonlar o'z narxida sotilgan. Daromadni esa faqat telefonga o'rnatilgan xizmatlar va servislardan olish rejalashtirilgan.

O'shandan beri ko'p o'zgarishlar ro'y berdi, shu jumladan kompaniya rivojining tijoriy modelida ham. Shunga qaramay, Xiaomi mobil qurilmalari hanuz bozordagi eng yaxshi narx va sifat nisbatiga ega. Kompaniyaning har bir smartfoni, u yo Redmi byudjyet qatori, yoki Mi flagman seriyasi bo'lsin, o'z narx toifasida eng foydali xarid hisoblanadi. Yil sayin oshib borayotgan sotuvlar hajmi buni amalda tasdiqlamoqda.

Bu Xiaomi smartfonlari afzalliklarining to'liq ro'yxati emas. Har bir insonning bu mahsulotni yoqlovchi yoki unga qarshi o'z dalillari bo'lishi mumkin. Sizda qanday? Xiaomi smartfonlari haqida qanday fikrdasiz?

Яндекс.Метрика