У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy 2018 yilda Oyning teskari tomonida kosmik apparat uchiradi

calendar 15.01.2016
1121

Xitoy Oyni o'zlashtirishning yangi bosqichini rasman boshladi. XXR mudofaa fani, texnikasi va sanoati davlat boshqarmasining ma'lum qilishicha, 2018 yili Oyning teskari tomoniga Chang'e-4 kosmik apparati uchiriladi.

“Oyning narigi tomoni tortishish kuchi tufayli Еrdan ko'rinmaydi, u odamlar tomonidan o'zlashtirilmagan. Chang'e-4 missiyasi tarixdagi birinchi bunday ekspeditsiya bo'ladi”, - tushuntirdi boshqarma qoshidagi Oy tadqiqotlari markazi rahbari Lyu Szinchjun.

Uning so'zlariga qaraganda, Xitoy o'zining ilmiy va texnik salohiyatini “mamnuniyat bilan” namoyish etib beradi.

Яндекс.Метрика