У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy aeroportida Obamaga trap keltirilmadi

calendar 04.09.2016
2203

Hitoy aeroportida AQSh prezidenti samolyotiga trap keltirilmadi. Bu haqida Associated Press ma`lum qildi. 

Manbaga ko'ra, Amerika prezidentining tashrifi boshidanoq omadsiz kelgan. Obamaga trap keltirish yoddan ko'tarilgandan keyin favqulodda holatlar uchun mo'ljallangan eshikdan chiqishiga to'g'ri kelgan. Bunisi Yetmagandek, uning poyiga qizil poyondoz ham to'shalmagan. 

Aeroportda Obamaning yordamchisi va Hitoy vakili o'rtasida ziddiyat yuzaga kelgan - u Obama bilan sayohat qilayotgan jurnalistlar sodir bo'layotgan voqealarni yoritmasligini talab qilgan. 

Shundan so'ng Oq uy hodimi AQSh o'z Yetakchisi uchun qoidalarni o'zi belgilab berishini ma`lum qilgan. 

"Bu bizning yurtimiz! Bizning aeroportimiz!", - deya javob berdi unga javoban hitoylik amaldor. 

Bundan tashqari, Hitoy vakili Obamaning milliy havfsizlik bo'yicha maslahatchisi S'yuzan Raysning yo'lini to'sgan. 

Яндекс.Метрика