У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy bilan viza tartibining bekor qilinishi Rossiyaga 10 mlrd dollar daromad keltiradi

calendar 14.11.2015
1242

XXR har ikki davlat hududida sayyohlar oqimini kengaytirish uchun Rossiya bilan vizasiz tartibni joriy etishga urinmoqda, deya xabar qildi “Interfaks” Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Еvropa va Osiyo mamlakatlari departamenti rahbari Guy Sun'yu ma'lumotiga asoslangan holda.

“Biz turizmdan Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashning yana bir sohasi sifatida foydalanmoqchimiz. Sayyohlarni jalb etish usullaridan biri — viza tartibini soddalashtirishdir”, — dedi xitoylik diplomat.

Guy Sun'yuning qayd etishicha, so'nggi yillarda RF va Xitoy o'zaro sayyohlar oqimini oshirish uchun bir qator odimlarni tashlashdi. Jumladan, besh kishidan iborat sayyohlar guruhi uchun viza tartibini bekor qilish joriy etilgan. Biroq mazkur soddalashtirilgan tizim ham Rossiyaga sayohat qilishni istagan xitoyliklarni qoniqtirayotgani yo'q.

Uning ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi ikki yilda Rossiyaga tashrif buyuruvchi xitoylik sayyohlar oqimi ikki barobar ortib, yiliga 1,1 million nafarga etgan. Bu raqam 5 million nafarga etgan taqdirda, Rossiya iqtisodiyoti 10 milliard dollar atrofida daromad ko'radi. Chunki har bir xitoylik o'rtacha 2 ming dollar sarflaydi.

Яндекс.Метрика