У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy bosh vaziri lavozimga qayta tasdiqlandi

calendar 18.03.2018
764

Xitoyning oliy qonunchilik organi (Butunxitoy xalq vakillari yig'ini) deputatlari Li Ketsyan nomzodini Xitoy davlat kengashi raisi lavozimiga ikkinchi muddatga ham tasdiqlashdi.

Uning nomzodi Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Jinping tomonidan ilgari surilgandi.

Nomzod uchun yashirin ovoz berish jarayoni yakshanba kuni, Butunxitoy xalq vakillari yig'inining 13-chaqiriq, birinchi sessiyasi oltinchi yalpi yig'ilishida o'tkazildi.

Li Ketsyan XXR bosh vaziri lavozimiga ilk marta 2013 yil martida Butunxitoy xalq vakillari yig'ini 12-chaqirig'i sessiyasida tasdiqlangandi.

Xitoy Konstitutsiyasiga ko'ra, bosh vazir hukumatni 5 yillik ikki muddatda boshqarishi mumkin.

Яндекс.Метрика