У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy dunyodagi eng yirik gidrosamolyotni namoyish qildi

calendar 25.07.2016
1373

Xitoy dunyodagi eng yirik samolyot-amfibiya AG600 ni ishlab chiqardi. U o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish, suvda qutqaruv ishlarini o‘tkazish, shuningdek, Janubiy Xitoy dengizidagi uzoq orollarga yuklarni yetkazishga mo‘ljallangan. Bu haqda “Vedomosti”xabar bermoqda.

“Sinxua” agentligining ma’lum qilishicha, bu to‘rt motorli turbo vintli girdosamolyot o‘lchami jihatidan Boeing 737 bilan tenglashadi, uning qanotlari uzunligi 38,8 metrga teng. Shu paytgacha eng katta hisoblangan Rossiyaning Be-200 gidrosamolyoti undan ancha kichikroq, qanotlari uzunligi 32,8 metrni tashkil etadi.

AG600 Aviation Industry Corporation of China davlat korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni yaratishga yetti yil vaqt sarflangan. Samolyotni namoyish qilish tadbiri Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida bo‘lib o‘tdi.

Uning maksimal uchish og‘irligi 53,5 tonna, maksimal parvoz masofasi 4 500 kilometrni tashkil etadi. 20 daqiqada amfibiya 12 tonna suvni to‘play oladi.

Яндекс.Метрика