У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy Еrni masofadan zondlash uskunalariga ega sun'iy yo'ldoshni uchirdi

calendar 29.12.2015
1112

            

Xitoy Еrni masofadan zondlash uskunalariga ega Gaofeng-4 sun'iy yo'ldoshini uchirdi. XXR kosmik fan, texnologiyalar va sanoat davlat boshqarmasining xabar qilishicha, apparat Sichuan viloyatidagi Sichan kosmodromidan “Chanchjen” tashuvchi raketasi yordamida uchirilgan.

Boshqarma boshlig'i Syuy Dachjening ma'lum qilishicha, optik kuzatuv tizimiga ega yo'ldosh bugungi kunda geosinxron orbitaga chiqarilgan shu turdagi eng mukammal apparatdir.
Yo'ldoshdan geologik jarayonlar hamda o'rmon yong'inlarini kuzatish maqsadida foydalaniladi. Gaofeng loyihasi doirasida 2020 yilga qadar 7ta sun'iy yo'ldosh fazoga uchirilishi rejalashtirilmoqda.

Яндекс.Метрика