У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy fazoga yana ikkita sun`iy yo'ldosh chiqardi

calendar 29.07.2018
689

Xitoy BeiDou milliy navigatsiya tizimidagi 33-chi va 34-chi sun`iy yo'ldoshlarini uchirib, tizimni to'ldirishni davom ettirdi. Bu haqda mamlakat aerokoinot fani va texnikasi korporatsiyasi (CASC) ma`lum qildi.

Korporotsiyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qayd etilishicha, sun`iy yo'ldoshlar mahalliy vaqt bilan soat 09:48da (Toshkent vaqti bilan soat 06:48) mamlakat janubi-g'arbidagi Sichuan viloyati hududida joylashgan Sichan kosmodromidan uchirilgan. Sun`iy yo'ldoshlar «Chanchjen-3B» va «Yuanchjen-1» raketa tashuvchilari orqali fazoga olib chiqilgan.

Bu Xitoyning «Chanchjen» turkumidagi 281-uchirish bo'ldi. 10 iyul kuni ham Beidou sun`iy yo'ldoshini fazoga olib chiqqandi.

Uchirilgan sun`iy yo'ldoshlar mamlakatda 2000 yildan beri yaratib kelinayotgan va bugunga kelib Xitoyni to'liq, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlarini qisman qamrab olgan global navigatsiya tizimiga mansub hisoblanadi.

Xitoy 2018 yil oxirigacha orbitaga chiqarilgan Beidou sun`iy yo'ldoshlari sonini 18 tagacha, 2020 yil oxirigacha esa 30 tagacha oshirmoqchi.

Ta`kidlanishicha, BeiDou global tizimi 35 ta sun`iy yo'ldoshdan iborat bo'ladi. 

BeiDou navigatsiya tizimi AQShning GPS va Rossiyaning GLONASS tizimlariga raqobatchi bo'ladi. Tizim 2020 yilgacha butun dunyo bo'ylab navigatsiya tizimlarini taqdim qiladi. 

BeiDou 10 metr aniqlikda ishlaydi, obektlarni topish tezligi esa 30 soniyaga teng. Navigatsiya xizmatlaridan tashqari, tizimni xabar jo'natish va qabul qilish uchun qo'llash mumkin.

Яндекс.Метрика