У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy fuqarosi Kremlni o'z uyi hisoblab, unga kirmoqchi bo'ldi

calendar 03.01.2016
2112

Rossiyada u erda yashayotganini da'vo qilib, Kremlga kirmoqchi bo'lgan Xitoy fuqarosini qo'lga oldi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotiga asoslanib, Interfaks xabar bermoqda.

Manbaning so'zlariga ko'ra, 2 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 20:30 da Spasskaya minorasi yonida Kremlga kirishga uringan XXRning 1985 yilda tug'ilgan fuqarosi qo'lga olingan.

Qo'lga olingan shaxs politsiya xodimlariga Kremlda yashashini aytgan.
Uni politsiya mahkamasiga olib borishgan. U erda uni psixiatr tekshirib ko'rgan va shifoxonaga jo'natgan.

Яндекс.Метрика