У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy harbiy kemalari Obama Alyaskaga kelgan vaqtida Bering dengiziga kirdi

calendar 04.09.2015
1593

Xitoy harbiy dengiz kuchlarining beshta kemasi Alyaska qirg‘oqlaridagi Bering dengizi xalqaro suvlarida turibdi, deya xabar bermoqda "Yevropeyskaya Pravda”. Alyaskaga esa AQSh prezidenti Barak Obama tashrif buyurib turibdi.

Pentagon rasmiy vakili kapitan Jeff Devis Xitoy kemalari AQSh tomonidan birinchi marta Bering dengizida aniqlanganini aytdi.

"Biz barcha xalqlarning xalqaro huquqqa muvofiq ravishda xalqaro suvlarda harbiy kemalardan foydalanish erkinligini hurmat qilamiz”, — dedi u.

Kemalarning paydo bo‘lishi Xitoy HDKning kengayib borayotgan imkoniyatlari namunasi bo‘lib, Obamaning Alyaskaga uch kunlik tashrifi paytiga to‘g‘ri keldi.

Pentagon mansabdorlari ta’kidlashicha, kemalardan hech biri noprofessional yoki noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirayotgani aniqlanmagan.

Яндекс.Метрика