У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy hukumati AQSh iltimosiga ko'ra bir guruh xitoylik xakerlarni hibsga oldi

calendar 10.10.2015
1277

Xitoy hukumati AQSh iltimosiga ko'ra bir guruh xitoylik xakerlarni hibsga oldi, deb xabar bermoqda The Washington Post nashri. Nashrning ma'lumotlariga ko'ra, AQSh maxsus xizmatlari xakerlar ro'yxatini tayyorlab, uni Xitoyga topshirgan. "Biz ular bunga jiddiy munosabatda ekanliklarini bilishimiz kerak edi. Ularga ro'yxatni berdik va "Mana bu yigitlar. Ularni hibsga oling”, dedik”, deyilmoqda xabarda. Hibsga olinganlarga tijoriy josuslikda ayblov qo'yilgani aytilmoqda. Avvalroq Xitoy raisi Si Szinpin AQSh bilan kiberjinoyatlarga qarshi kurash masalalarida hamkorlik qilish rejalarini ma'lum qilgandi.
Яндекс.Метрика