У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy kompaniyalaridan biri smartfonlar olamidagi eng yirik qurilmani taqdim etdi

calendar 30.07.2016
1601

Hitoyning Akyumen kompaniyasi bir vaqtning o'zida Windows 10 va Android tizimlarida ishlay oladigan, tashqi tomonidan proYektor o'rnatilgan 7 dyuymli Holofone smartfonini taqdim etdi. Bu haqda The Verge nashri habar bermoqda.

Qurilmaning katta hajmiga qaramay ishlab chiqaruvchi uni smartfon, deya atamoqda. Qurilmaning asosiy hususiyatlaridan biri — proYektor smartfondagi suratlarni 100 dyuym balandlikda tasvirlay oladi.

Smartfon Android Lollipop tizimida ham va Windows 10 tizimda ham birdek ishlaydi. ProYektor rejimida komp'yuterga aylanadi-qoladi.
Qurilmaning eng past bahosi 750 dollar. 950 dollarga smartfon bilan birga Bluetooth-dinamik, o'yin boshqaruvchisi va batareya o'rnatadigan mahsus tagqism beriladi. U 1 sentyabrdan sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Smartfon to'rt yadroli Intel Atom protsessorida ishlaydi. Qurilmada 4 GB tezkor hotira va 128 GB asosiy hotira mavjud.
Orqa kamera 13 megapiksel, old kamera esa 5 megapiksel. Ishlab chiqaruvchining ishonch bildirishicha, 2910 sig'imga ega batareya proYektor rejimida ikki soat ishlab beradi.

 

Яндекс.Метрика