У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish bo'yicha referendum o'tkaziladi

calendar 04.03.2018
605

Xitoyning oliy qonunchilik organi (Butunxitoy xalq vakillari yig'ini) sessiyasi mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish loyihasi bo'yicha ovoz berishni 11 mart kuni o'tkazadi. Bu haqda Butunxitoy xalq vakillari yig'ini 1-sessiyasi rasmiy vakili Chjan Yesuy ma`lum qildi. 

“Sessiyaning to'liq tarkibda 3-yig'ilishi vaqtida 11 mart kuni deputatlar konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish bo'yicha ovoz berishadi”, deb aytgan Yesuy matbuot anjumanda. 

Sessiyada Xitoy kompartiyasi markaziy qo'mitasining konstitutsiyaga takliflari ko'rib chiqiladi. Partiya rahbariyati konstitutsiyadan Xitoy raisi va uning o'rinbosari “o'z lavozimlarini qatorasiga 2 muddatdan ko'p egallay olmasliklari” haqidagi bandni chiqarib tashlash tashabbusini bildirgan. Agar bu tuzatishlar ma`qullansa, unda  Xitoyning amaldagi raisi Si Tszinpin 2023 yilda 3-muddatga saylanishi mumkin.

Sessiya 5-20 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Vakilning ma`lum qilishicha, sessiyaning oxirgi ish kuni Xitoy davlat kengashining yangi saylanadigan bosh vaziri mahalliy va xorijiy jurnalistlar uchun matbuot anjuman o'tkazadi.

Яндекс.Метрика