У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy KXDR bilan savdo aloqalarini chekladi

calendar 05.01.2018
922

Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini bajarish doirasida KXDRga tovarlar eksportini chekladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» Xitoy tijorat vazirligiga tayangan holda.

XXR Xavfsizlik Kengashi sanksiyalarini bajarish doirasida Shimoliy Koreyaga xom neft eksportini cheklaydi. Shuningdek temir, sanoat uskunalari va transport vositalari eksporti butunlay to'xtatiladi.

«Ushbu qaror e`lon qilinganidan boshlab KXDRga temir, po'lat va boshqa metallar, shuningdek sanoat uskunalari hamda transport vositalari eksporti butunlay to'xtatiladi», - deyiladi Tijorat vazirligi xabarida.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Reuters agentligi Rossiya tankerlari oktabr va noyabrda Shimoliy Koreya kemalariga bir necha marta neft quyib bergani, bu sanksiyalarga qaramay yuz bergani haqida xabar bergandi.

Яндекс.Метрика