У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy Markaziy Osiyo davlatlaridan gaz xaridini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda

calendar 09.03.2018
811

Xitoy rasmiylari mamlakatning ko‘plab shaharlarida zaxira  yetarlicha bo‘lmagani sababli gaz importini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xitoy taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi rahbari Xe Lifen ma’lum qildi, deya xabar beradi  “Podrobno.uz”.

“Gaz yetkazib berishni bu xomashyoni ishlab chiqaradigan qo‘shni davlatlar hisobiga ko‘paytirish niyatidamiz. Gap Rossiya, Markaziy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari haqida ketmoqda. Gaz zaxiralari bilan ta’minlanish bizning eng zaif bo‘g‘inimiz hisoblanadi”, — dedi  Xe Lifen.

Mansabdorga ko‘ra, 2017-yilda Xitoy aholisiga 237 milliard kub metr gaz yetkazib berildi. Bu bir yil avvalgiga nisbatan 14 foizga ko‘p.

Яндекс.Метрика