Xitoy optik aloqaning yangi tizimini sinovdan o'tkazdi

Xitoy ilk marta bir vaqtning o'zida real vaqt rejimida muloqot qilish imkonini beruvchi eng yangi tizimni sinovdan o'tkazdi. Bu haqida "Sinxua" agentligi Uxan telekommunikatsiya ilmiy-tadqiqot instituti (Markaziy Xitoy) bayonotiga asoslanib xabar berdi. 

"Bu Xitoyning optik aloqa texnologiyalari yangi taraqqiyot bosqichiga chiqqanidan dalolat beradi. Unga ko'ra, katta masofalarga haddan ziyod yuqori tezlikda o'ta yirik hajmdagi ma`lumotlar yetkaziladi", - deya izoh berishdi loyiha ishtirokchilari tadqiqot yakunidan so'ng. Shuningdek ular ma`lumot yetkazish tezligi soniyasiga 560 terabaytni tashkil qilishini ta`kidlashdi. 

Xitoylik olimlarning so'zlariga ko'ra, ma`lumotlar yetkazish oqimini obrazli tavsirlaydigan bo'lsak, oddiy zamonaviy optik texnologiyalarni bir izli yo'lga taqqoslash mumkin. Endigina sinovdan o'tkazilgan variant esa - yetti izli tezkor magistral. Natijada, mutaxassislarning izohlashicha, bu sohada yanada baland cho'qqilarni zabt etishga muvaffaq bo'lishdi. 


Комментарии (0) | Добавить: 05.02.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]