У нас есть только
оригинальные песни

«Xitoy oxirigacha boradi» - XXR AQSh bilan savdo urushidan qo'rqmasligini ma`lum qildi

calendar 06.04.2018
1110

Xitoy AQSh bilan savdo urushini xohlamaydi, biroq undan qo'rqmaydi ham. Bu haqda XXR Tijorat vazirligi bayonotida aytiladi.

«AQSh bilan savdo munosabatlaridagi muammolar bo'yicha bizning pozitsiya juda aniq bo'lib qolmoqda, biz savdo urushini xohlamaymiz, biroq undan qo'rqmaymiz ham», - deya ma`lum qilishgan vazirlikdan.

Shuningdek idoradan ta`kidlashlaricha, «agarda AQSh Xitoy va jahon hamjamiyatining protestlariga e`tibor qaratmaslikda davom etsa, bir tomonlama siyosat va savdo proteksionizmi yo'lidan ketsa, Xitoy oxirigacha boradi».

«Javob zarbasi berish kerak, yangi kompleks aksilchoralar qo'llash lozim va vatan hamda xalq manfaatlarini qat`iy himoya qilish zarur», - deyiladi xabarda.

Яндекс.Метрика