У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy quyosh energiyasi ishlab chiqaruvchi eng yirik davlatga aylandi

calendar 07.02.2017
1271

Xitoyliklar sanoat, qurilish va genetika kabi yuqori texnologiyalar sohalarida boshqa davlatlarning "burnini ishqab qo'yishda" juda abjirlar. Xitoy dunyoda quyosh energiyasi eng yirik ishlab chiqaruvchisiga aylanib, navbatdagi galda ko'plab narsalarga qodirligini isbotladi. Bu yutuq ko'plab yillar davomida qazib olinuvchi yonilg'i turlarida ishlovchi ko'plab zavodlar va fabrikalarning tutuniichida qolgan Xitoy uchun ayniqsa juda muhimdir. Ekologik toza energiya Xitoyni tutundan xalos qilib, uning aholisiga yana ko'kragini to'ldirib nafas olishiga imkon berishi mumkin.

4 fevralda Xitoy milliy energetika ma`muriyati Xitoy elektrostansiyalari tomonidan ishlab chiqariluvchi quyosh energiyasi miqdori ikki barobarga ko'paygani haqidagi ma`lumotni chop etdi. Endi bu quvvat 77,42 gigavattni tashkil qilmoqda va bu barcha davlatlar uchun mutlaq rekord hisoblanadi. Hayratlanarli raqamlarga qaramasdan, quyosh energiyasi Xitoy tomondan ishlab chiqariluvchi umumiy energiya hajmidan 1 foizni tashkil qiladi. Biroq yaqin orada vaziyat tubdan o'zgarishi mumkin, chunki Xitoy hukumati energiyaning ekologik toza manbalariga o'tishga "qattiq bel bog'lagan".

Agar berilgan ma`lumotlarga ishonilsa, Xitoyda keyingi 3 yil ichida ekologik toza tiklanuvchi energiya manbalari quvvati 110 gigavattgacha oshadi, 2030 yilda esa bu manbalar davlatning barcha ehtiyojlarining 20 foizini ta`minlaydi. Qazib olinuvchi yonilg'i turlaridan voz kechish o'z ortidan ulkan moliyaviy xarajatlarni olib keladi, biroq Xitoy hukumati boshlagan ishini oxirigacha yetkazish istagida. Ishlab chiqarishlarni energiyaning yangi shakliga o'tkazish bo'yicha loyihaga 364 mlrd dollar tikilgan. Va bu summa hali yakuniy bo'lmasligi mumkin.

Яндекс.Метрика