XXR raisi Si Szinpin AQShga Air China kompaniyasiga tegishli oddiy yo'lovchi samolyotida uchib keldi. Bu haqda The South China Morning Post nashri xabar bermoqda.
XXR TIV protokol departamenti sobiq direktori Lu Peysinning so'zlariga qaraganda, Xitoy etakchisi Boeing 747-400 layneridan foydalangan. Samolyot maxsus tayyorlanib, unda mehmonxona, yotoqxona va ish kabineti yaratilgan. Bir oy mobaynida qo'riqlash xizmati uni texnik ko'rikdan o'tkazgan va ekipaj tanlovi bilan shug'ullangan.
Odatda Szinpin B-2447 va B-2472
laynerlaridan foydalanadi. Uning safarlaridan so'ng samolyotlar qaytadan
jihozlanib, muntazam reyslarda qo'llanadi.
2001 yilda XXRning o'sha
paytdagi raisi Szyan Szemin o'z bortiga ega bo'lish maqsadida
laynerlardan birini AQShning San-Antonio xalqaro aeroportiga qaytadan
jihozlashga yuborgan edi. Ammo tekshiruv davomida Xitoy maxsus
xizmatlari bortdan 27ta eshitish uskunalarini topdi.