У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy Rossiya bilan viza tartibini bekor qilishi mumkin

calendar 10.11.2015
1134

Xitoy Rossiya bilan ikki tomonlama turistik oqimni oshirish maqsadida vizasiz tartib joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 10 noyabr kuni XXR TIV Еvropa va Osiyo davlatlari departamenti rahbari Guy Sun'yu bayonot berdi.

Interfaks agentligining ma'lum qilishicha, ayni paytda 5 kishidan ortiq turistik guruhlar uchun vizasiz rejim amal qilmoqda. Ammo bunday soddalashtirilgan sxema ham, TIV xodimining fikricha, Rossiyaga borishni istayotgan Xitoy fuqarolarini qoniqtirmayapti.

“Biz bundan buyon turistlar uchun rejimni engillashtirib, RF bilan vizali tartibni bekor qilishga harakat qilamiz, - dedi Sun'yu. – Gap turoperatorlar ishtirokisiz o'tadigan safarlar haqida ketmoqda. Bugungi vizasiz rejim talablarga javob bermayapti”.

Яндекс.Метрика