У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy Rossiya va Hindistonga yangi Buyuk Ipak yo'lini tashkil etishni taklif etdi

calendar 03.02.2015
1440

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Xitoy yangi Buyuk Ipak yo'lini qayta barpo etish doirasida Rossiya va Hindiston bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirib o'tdi. Bu haqda "RIA Novosti” axborot agentligi xabar bergan. Van Ining ta'kidlashicha, Xitoy "hech qanday natijaga olib kelmaydigan o'yinlar”ga qarshi hamkorlikdagi yutuqqa erishishni taklif etmoqda. Xitoy tashqi ishlar vazirligida Buyuk Ipak yo'li an'analarini davom ettirib, unga yangicha ma'no berish istagi bildirilayotgani haqida ma'lum qilindi. Xitoy TIV rahbari Xitoy bu yo'nalish bo'ylab joylashgan barcha davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirayotganini ta'kidlab o'tdi. Ma'lumot uchun, Xitoy 2013 yilda Buyuk Ipak yo'li davlatlari hududlari orqali o'tuvchi va Xitoyni Markaziy va Sharqiy Osiyo davlatlari orqali Yevropa bilan bog'lovchi "Bir mintaqa, bir yo'l – bu iqtisodiy mintaqa” deb nomlangan strategiyani tasdiqlagan edi.
Яндекс.Метрика