У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy sanoati 2015 yilda trillion dollar yo'qotdi

calendar 27.01.2016
1110

Xitoyning yetakchi sanoat korxonalarining 2015 yildagi umumiy daromadi 6,4 trln yuan yoki 973 mlrd dollarga kamayib ketdi. Bu haqda Xitoy davlat statistikasi materiallariga iqtibos keltirgan holda Rambler News Service ma'lum qildi.

Daromadning kamayishiga sanoat mahsulotlariga talabning pastligi sabab bo'lgan. Bu kompaniyalarni ishlab chiqarishni qisqartirish va narxlarni tushirishga majbur qilgan. Statistikaga ko'ra, Xitoy sanoatining 29 ta sohasi yilni daromadning oshishi, 12 tasi pasayishi bilan yakunladilar. Ko'mir qazib olish, neft-gaz va metallurgiya sektorlari sezilarli pasayish namoyish qilgan. Aksincha, qishloq xo'jaligi, yelyektronika, to'qimachilik va neft mahsulotlari sohalarida yeng katta o'sish qayd qilingan.

Bloomberg agentligi 25 yanvarda 2015 yilda Xitoydan kapitalning chiqib ketishi trillion dollarni tashkil qilganini ma'lum qilgandi. Investorlar yuan devalvatsiya bo'lgandan va Xitoy fond indekslari tushib ketgandan keyin o'z pullarini mamlakatdan olib chiqib ketmoqdalar.

2015 yil natijalariga ko'ra, Xitoyning yalpi ichki mahsuloti 6,9 foizga o'sgan, bu mamlakat uchun oxirgi 25 yil ichidagi yeng past ko'rsatkich bo'ldi. Xitoy Fanlar akademiyasida 2016 yilda YaIM 6,7 foizga o'sishi prognoz qilinmoqda.

Яндекс.Метрика