У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy ShHT doirasida erkin savdo zonasini yaratishni taklif qilmoqda

calendar 15.12.2015
982

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar tashkilot doirasida erkin savdo zonasini yaratish masalasini ko'rib chiqishadi. Bu haqda ShHT davlatlari hukumatlari rahbarlari kengashining kengaytirilgan yig'ilishida XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan bayonot berdi.

“Hozirgina qisqartiligan tarkibdagi yig'ilishda biz savdo va iqtisodiyot vazirlariga ShHT doirasida erkin savdo zonasini yaratish borasida konkret chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga ko'rsatma berishga kelishib oldik. Bu ShHT doirasidagi savdoni rivojlantirishga qulay shart-sharoilar yaratib berishga qaratilgan choradir”, - uning so'zlarini keltiradi TASS agentligi.

ShHT doirasida a'zo davlatlar o'rtasidagi savdo jarayonini engillashtirish bo'yicha maxsus ishchi guruh allaqachon yaratilgan. Endilikda uning faoliyat doirasini yanada kengaytirib, savdo zonasini yaratish rejalashtirilmoqda.

Яндекс.Метрика