У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQShni Janubiy Xitoy dengizida ig'vogarlik qilishni bas qilishga chaqirdi

calendar 20.12.2015
998

Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQShni Janubiy Xitoy dengizida ig'vogar harakatlarni bas qilishga chaqirdi. Bu haqda 19 dekabrda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Xun Ley Nansha (Spratli) orollari hududida Xitoyning havo hududini buzgan AQShning B-52 bombardimonchi samolyotlari bilan bog'liq voqeaga izoh berib aytdi.

“Xitoy bu voqeaga jiddiy munosabat bildirdi va AQSh tomoniga qattiq ogohlantirish berdi”, deb aytdi Xun Ley. “Xitoy AQShni o'z xatolarini yana bir o'ylab ko'rish va to'g'rilashga, Xitoy daxlsizligi va manfaatlariga putur etkazishi mumkin bo'lgan va Janubiy Xitoy dengizi hududida tinchlik va barqarorlikka salbiy ta'sir qiladigan bunday xavfli ig'volarni bartaraf etish bo'yicha samarali choralarni qabul qilishga chaqiradi”, deb qo'shimcha qildi diplomat.

Pekin ma'lumotlariga ko'ra, AQShning ikkita B-52 bombardimonchi samolyoti 10 dekabrda Nansha (Spratli) orollari hududida Xitoyning havo hududiga o'zboshimchalik bilan kirib borgan. Pentagon vakillari samolyotlardan biri yo'nalishdan og'ishib ketganini aytishgan.

Яндекс.Метрика