У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy turli mamlakatlarga 20 mlrd dollar kredit ajratadi

calendar 10.07.2018
640

Xitoy hukumati iqtisodiyotni tiklashga muhtoj bo'lgan arab va boshqa davlatlarda savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun 20 mlrd AQSh dollari miqdorida kredit ajratadi. XXR raisi Si Tszinpin shunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda TASS.

"Xitoy 20 mlrd dollar kredit liniyasini ajratib, "Sohaviy taraqqiyot hisobiga iqtisodiy o'sishga turtki berish uchun maxsus obektlar dasturi"ni ishlab chiqdi. Biz ushbu yo'nalish bo'yicha yordamga muhtoj davlatlar bilan hamkorlik qilamiz", - degan Si Tszinpin Pekinda bo'lib o'tgan VIII Xitoy-arab hamkorligi forumi ochilish marosimida. 

Uning so'zlariga ko'ra, Pekin ma`muriyati arab mamlakatlari bilan ikki tomonlama teng tijoriy foyda va bandlikni ta`minlash asosida aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdordir. Bundan tashqari, Xitoy yaqin orada Falastinga 15 mln dollar ajratishini bildirdi. 

Xitoy hukumati, shuningdek, gumanitar loyihalar va iqtisodiyotni tiklash dasturlari uchun Iordaniya, Yaman, Livan va Suriyaga 600 mln yuan (90 mln dollar) miqdorida mablag' ajratadi. 

Shu bilan birga, rasmiy Pekin Yaqin sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari bilan 1 mlrd yuanlik loyihalarni hayotga tatbiq etish maqsadida hamkorlikni rivojlantirish istagida. Qolaversa, Xitoy tomoni neft-gaz qazib olish va ularni qayta ishlash sohalarida hamarab davlatlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishni rejalashtirmoqda. 

Si Tszinpinning aytishicha, Xitoy va arab davlatlarining istiqbolli hamkorligi orasida atom energetikasi, muqobil, ekologik toza energiya manbalarini rivojlantirish kabilar ham bor. 

10 iyul kuni Xitoy-arab hamkorligining 8-forumi Pekinda o'z ishini boshladi. Unda 21 arab davlati vakillari hamda Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Ahmad Abu al G'ayt ishtirok etmoqda.

Яндекс.Метрика