У нас есть только
оригинальные песни

Xitoy yil boshidan buyon mingdan ortiq veb-sayt va 8 ming blogni yopdi

calendar 27.04.2016
814

Xitoyda internetni tartibga keltiruvchi Kiberhudud masalalari bo‘yicha boshqarma 2016-yilning boshidan buyon nomaqbul kontent tarqatayotgan 1 046 ta sayt va 8 008 ta mikroblogni yopdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.

Boshqarmaning ma’lum qilishicha, veb-sayt va bloglar pornografik materiallar va Xitoy milliy xavfsizligiga tahdid qiluvchi ma’lumotlarni tarqatganligi uchun yopilgan. Bundan tashqari, yana 85 ta sayt kontent bilan bog‘liq ogohlantirish olgan.

Mart oyining boshida XXR hukumati 2015-yil davomida nomaqbul kontent, shu jumladan, pornografik materiallar tarqatgan 28 mingta saytni yopganligi haqida ma’lum qilingan edi. Bundan tashqari, hukumat qoidalarni buzgan 15 millionta noqonuniy materialni o‘chirib tashlagan.

Яндекс.Метрика