У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda 1,6 trln dollarlik loyihalarga start beriladi

calendar 24.02.2018
861

Xitoy hukumati 2018 yilda mamlakat hududida umumiy qiymati 10 trln yuan (taxminan 1,6 trln dollar)ni tashkil qiluvchi bir necha yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda China Daily gazetasi xabar berdi.

"2018 yilda Xitoyning qator viloyatlari va mintaqalarida umumiy investitsiya hajmi 10 trln yuandan ortiqni tashkil etuvchi yirik infratuzilma loyihalariga start beriladi", - deya yozadi nashr.

Gazeta ma`lumotlariga ko'ra, "loyihalarning aksariyati axborot texnologiyalari, transport va energetika infratuzilmasi qurilishi, shuningdek, yuqori texnologiyali uskunalarni ishlab chiqarish sohasida amalga oshiriladi".

Nashrning ta`kidlashicha, Shandun sharqiy viloyatida, masalan, yuqori tezlikdagi temir yo'l tarmoqlari, shuningdek, yangi aeroportlarning qurilishi boshlanadi. Bu mintaqaga investitsiyalar umumiy qiymati 4 trln yuan (taxminan 630 mlrd dollar)ni tashkil etadi. Bundan tashqari, Xenan, Xubey, Tszyansi, Guychjou viloyatlari hududida qashshoqlik bilan kurash va atrof-muhitni muhofaza qilishga yo'naltirilgan bir necha katta loyihalar boshlanadi. Har bir viloyat uchun sarmoyalar hajmi 1 trln yuan (taxminan 158 mlrd dollar)dan ortiqni tashkil etadi.

"Barcha rejalashtirilgan loyihalar mamlakatning bo'lajak rivoji uchun mustahkam asos yaratishi kerak. Ular sanoatning yangi sohalari taraqqiyoti va iqtisodiyotning an`anaviy sohalari modernizatsiyasi, shuningdek, Xitoy tovarlari sifati hamda raqobatbardoshligini oshirishga yo'naltirilgan", - deya ta`kidlaydi gazeta.

Яндекс.Метрика