У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda 22 go'dakni sotgan erkak qatl qilindi

calendar 29.01.2016
1443

Xitoyda 22 go'dakni sotib yuborishda ayblangan yerkak qatl qilindi. Bu haqda CNS axborot agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Tan Yunchji sheriklari bilan til biriktirib, bolalarni o'g'irlash va sotish “biznes”ini yo'lga qo'ygan. Yunnan viloyatidan o'g'irlangan bolalar Xenanda sotilgan. 2008 yil fevralidan 2013 yil apreliga qadar jinoiy guruh 22 chaqaloqni pullagan. To'da rahbari qatl qilindi, sheriklari yesa uzoq muddatga qamoqqa tashlandi.

Xitoyda bolalar savdosi yeng keng tarqalgan jinoyat turlaridan biridir. Odatda o'z farzandlarini kambag'al qishloq ahli sotadi, bu bilan odamlar ham o'z moddiy ahvolini yaxshilab oladi, ham bolalar soniga o'rnatilgan cheklov uchun javobgarlikdan qutulib qoladi. Odatda bolalarni boyvachcha, lekin farzandi yo'q juftliklar sotib oladi. Ayniqsa o'g'il bolalar qadrlanadi – ularning narxi 6 ming dollarga yetishi mumkin. Qizlarning narxi pastroq yuradi.

Яндекс.Метрика