У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda 6G standartidagi tarmoqni qurishga kirishildi

calendar 11.03.2018
1060

Xitoyning sanoat va axborotlashtirish vaziri Myao Vey oltinchi avlod mobil aloqa standartini yaratish bo‘yicha ishlar boshlanganini e’lon qildi.

Vazir bu haqda Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishining 13-chaqiruvida ma’lum qilgan, deb xabar berdi «MK».

«O‘tgan yilning oxirida Xitoy olimlari yangi 6G aloqa standarti sohasida qator tadqiqotlarni amalga oshirishdi. «Narsalar interneti» rivojlanishi mobil aloqa texnologiyalari imkoniyatlari kengayishi bilan bir paytda amalga oshishi lozim», — degan Myao Vey.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi ishlanmalarda asosiy e’tibor xavfsizlikni ta’minlashga qaratiladi.

Яндекс.Метрика