У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda avtobus yong‘ini oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

calendar 28.04.2016
727

Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shensi provinsiyasida avtobusning yonib ketishi oqibatida sakkiz kishi qurbon bo‘ldi, besh kishi jarohat oldi. Bu haqda, CCTV telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Voqea Lantyan uyezdida, Fuchjou–Inchuan avtomobil magistrali uchastkasida sodir bo‘ldi. Barcha yaradorlar shifoxonaga yotqizildi.

Huquq-tartibot organlari taftishlarni boshlab yubordi. Voqeaning sabablari hozircha aniqlanmadi.

Яндекс.Метрика