У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda birinchi shaharlararo metro qurilishi boshlandi

calendar 24.12.2016
1143


Pekin hukumati shahar metropolitenining birinchi shaharlararo tarmog'ini qurishni boshladi. U Xitoy poytaxtini qo'shni Xebey viloyatidagi Sanxe shahri bilan bog'laydi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bergan. Aniqlashtirilishicha, yo'nalish uzoqligi 54,3 kilometr bo'lib, poyezdlar soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlanadi. Agentlikning xabar berishicha, qurilish ishlari 2020 yilda yakunlanishi kerak. Ma`lumot uchun, Pekin metropoliteni dunyoda yo'nalishlar uzunligi bo'yicha ikkinchi o'rinni egallaydi.

Яндекс.Метрика