У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda Disneylendga raqobat qiluvchi majmua ochildi

calendar 29.05.2016
1381

Xitoylik milliarderlardan biri mamlakat janubi-sharqidagi Szyansi viloyatining Nanchan shahrida ulkan ko'ngilochar majmua ochdi.

"Vanda-siti" deb nomlangan bu majmuada attraktsionlar, savdo markazlari va ulkan akvariumlar joylashgan.

Uning qurilishi uchun saxovatpesha Van Szyanlin o'z kompaniyasi hisobidan 3 mlrd dollar sarflagan. U butun mamlakat bo'ylab yana 15ta shunday majmua barpo etish niyatida ekanini bildirgan.

Bundan oldinroq ushbu milliarder "Mikki Maus va Donald Dak erasi yakunlangani" haqida gapirib, xitoylik tadbirkorlarni mahalliy madaniyat asosida ilhomlanib, ish qilishga chaqirgandi.

Bu amerikaliklarning Disney kompaniyasi Shanxay shahrida o'z attraktsionini qurishga tayyorlanayotgani haqidagi xabardan keyin yuz berdi.

Яндекс.Метрика