У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda dunyoning eng uzun osma shisha ko'prigi qurilishi yakunlanmoqda

calendar 21.01.2016
2003

Xitoydagi Tyanmenshan milliy bog'ida mamlakatdagi eng uzun shisha ko'prik qurilishi yakunlanmoqda. Ko'prikning ochilishi sanasi taxminan 2016 yilning iyuni etib belgilangan.

Qayd etish kerakki, ko'prikni qurish loyihasi 2012 yilda ishlab chiqilgan, uni qurish ishlari 2015 yilning yozida tugallanishi rejalashtirilgandi. Keyinroq, bu muddatlar o'zgartirildi.

Po'lat va shishadan yasalgan ko'prikning eni 6 metr, uzunligi 430 metrni tashkil etadi. Ko'prik bir vaqtning o'zida 800 kishini ko'tarib tura oladi. Ko'prik platformasi erdan 300 metr balandlikda joylashgan. Taqqoslash uchun Eyfel minorasining balandligi 324 metr.

Xitoydagi bunday turdagi ko'priklar sayyohlarning e'tiborini jalb etadi.

Яндекс.Метрика