У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda fikr kuchi bilan boshqariladigan avtomobil yaratildi

calendar 08.12.2015
1759

Nankay universitetida faoliyat yuritayotgan bir guruh xitoylik olimlar Great Wall kompaniyasi bilan hamkorlikda miya impulslari yordamida boshqariladigan avtomobil yaratishdi. Bu haqda TechInsider nashri yozmoqda.

Portal ma'lumotlariga qaraganda, haydovchi bosh miya impulslari yordamida mashinani orqa-oldinga yurgizishi, to'xtatishi, eshiklarni qulflashi va ochishi mumkni bo'ladi.

Boshqaruv inson bosh miyasi impulslarini o'qib, uni transport vositasiga uzatuvchi uskuna yordamida amalga oshiriladi. Loyiha mualliflaridan biri Chjan Chjaoning so'zlariga qaraganda, bu uskunada 16 datchik bo'lib, ular haydovchining elektroentsefalogrammasini o'qiy oladi.

Яндекс.Метрика