У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda internet bo'yicha butunjahon anjumani ochildi

calendar 03.12.2017
817

3 dekabrda Xitoyning Chjetszyan viloyatidagi Uchjen shahrida internet bo'yicha 4- butunjahon anjumani ochildi.

Xitoy raisi Si Tszinpin anjuman ishtirokchilariga salom yo'llab, anjuman muvaffaqiyatli o'tishini tilab qoldi.

“Menga Xitoy hukumati va xalqi hamda shaxsan o'zim nomimdan internet bo'yicha 4-butunjahon anjumani ochilishi bilan sizni tabriklashga ijozat bergaysiz. Men barcha ishtirokchilar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarni qutlab qolaman”, deb aytilgan Si Tszinpin murojaatida. Uni Xitoy kompartiyasi markaziy qo'mitasining tashviqot bo'limi boshlig'i Xuan Kunmin o'qib eshittirgan.

5 dekabrgacha davom etadigan anjumanda ko'rib chiqiladigan asosiy masalalar orasida sun`iy ong, internet yordamida nochorlik bilan kurashish, yangi chaqiriqlar sharoitida internet kommunikatsiyalar va ijtimoiy javobgarlik, global raqamli iqtisodiyot, kiberhudud me`yorlari, kiberhududdan jinoyatlar va teraktlarni amalga oshirishda foydalanishga qarshi kurashish bo'yicha xalqaro hamkorlik masalalari bor.

Joriy yilda anjumanda 80 ta davlatdan 1,5 mingdan ko'proq ishtirokchi qatnashmoqda. Ular orasida Alibaba rahbari Jyek Ma, Apple rahbari Tim Kuk, internet asoschilaridan biri Robert Elliot Kan, “Laboratoriya Kasperskogo” asoschisi Yevgeniy Kasperskiy va boshqa taniqli shaxslar bor.

Яндекс.Метрика