У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda iPhone’ning 170 dollarlik “qotili”ni taqdim etishdi

calendar 21.04.2016
1637

Xitoyning LeEco kompaniyasi Pekinda o‘zining yangi Le 2 smartfonini taqdim etdi,deya xabar bermoqda “TASS”. Ishlab chiqaruvchi ta’kidlashicha, u yuqori texnik xususiyatlari va past narxi tufayli, flagmanlarning yangi “qotil”iga aylanadi.

Ko‘pchilik tomoshabinlar qayd etishicha, marosimni olib borgan kishi auditoriya bilan muloqot chog‘ida ko‘p jihatdan Amerikaning Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobsning uslubiga taqlid qilgan. Buni nafaqat ma’lumotlarni taqdim etish chog‘ida, balki uning kiyinishida ham sezish mumkin bo‘ldi — unda Jobsga xos klassik kiyimlar bo‘lmish jinsi shim va qora sviter bo‘lgan.

Telefon 5,5 dyuymli romsiz displeyga ega to‘liq metall korpusli klassik monoblokdir, u ishlab chiqaruvchining niyatiga ko‘ra, yuqori xususiyatlarga ega smartfonning arzon versiyasiga aylanishi kerak. Nashr ta’kidlashicha, kompaniya ushbu niyatiga ko‘p jihatdan erishgan ham: qurilma Helio X20 o‘n yadroli protsessor, 32 Gb ichki va 3 Gb tezkor xotira, 3000 mA/s sig‘imli batareya, 16 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kameraga ega. Telefon Android Marshmallow 6.0.1 operatsion tizimida ishlaydi. Smartfonda tezkor quvvat olish funksiyasi mavjud bo‘lib, ishlab chiqaruvchi ishontirishicha, bu taxminan besh daqiqa vaqt oladi.

Shunday xususiyatlarga ega bo‘la turib, smartfon  narxi 1100 yuan (taxminan 170 dollar)ni tashkil etadi. LeEco ta’kidlashicha, bu mahsulot tannarxidan ancha arzon, chunki ishlab chiqaruvchining biznes modeli qo‘shimcha xizmatlar — birinchi navbatda, internet-televideniye, musiqa va boshqa kontentni sotishdan qo‘shimcha pul ishlashni nazarda tutadi.

Яндекс.Метрика