У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda magnit yostiqchada harakatlanuvchi poyezdlar uchun tajriba temiryo‘li ishga tushirildi

calendar 27.12.2015
871

Xitoyning Xunan provinsiyasida xitoylik mutaxassislar tomonidan yaratilgan magnit yostiqcha (maglev)da harakatlanuvchi poyezdning yo‘li sinov tariqasida ishga tushirildi. Bu haqda “Sinxua” bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.

                 

Temiryo‘lda uzunligi 48 metr bo‘lgan, uchta bo‘limdan iborat va 363 nafar yo‘lovchini tashiy oladigan poyezdlar qatnay boshlaydi. U soatiga 100 km tezlik bilan harakatlanishi mumkin.

Temiryo‘lni yaratish uchun bir kilometr yo‘lga 30 million dollarga yaqin mablag‘ sarflandi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning magnit yostiqchada harakatlanuvchi poyezdi tezlik bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgani xabar qilingan edi.

 

Яндекс.Метрика