loading...

 

Xitoyda poraxo'rlar haqida hujjatli serial ishlandi

Xitoyda yuqori lavozimli poraxo'r amaldorlar hayoti haqida hujjatli serial tomosha qilina boshlandi. Bu haqda Quartz xabar bermoqda. 

"Hamisha yo'lda" deb nomlangan serialda 8 ta seriya bo'lishi rejalashtirilmoqda. Serial CCTV davlat telekompaniyasi tomonidan ishlanmoqda. Serialning "Xalq qo'llab-quvvatlovi" deb nomlangan 1-seriyasi 17 oktabrda namoyish qilingan. Seriya boshida tomoshabinlar Xitoy raisi Si Tszinpinning yangi yil murojaatini ko'rishlari mumkin bo'lgan. Bu murojaatda Xitoy yetakchisi kommunistlarni intizomga rioya qilish va korrupsiya bilan ayovsiz kurashishga chorlaydi.

Bu seriyada shuningdek Xitoy Kompartiyasi markaziy qo'mitasi siyosiy byurosining sobiq a`zosi Chjou Yunkan ustidan sud jarayoni lavhalari ko'rsatildi. Serialning qolgan vaqtida esa o'z jinoyatlari haqida so'zlab beruvchi uch nafar korrputsiyachining tavbasi va politsiya va partiyaning intizomni tekshirish komissiyasi xodimlarining izohlari namoyish qilingan. Teleserialning "qahramonlaridan" biri, Sichuan viloyati partiya qo'mitasi kotibi sobiq o'rinbosari Li Chunchen "hayot jonli efirga o'xshashligini, unda qilib bo'lingan ishni tuzatib bo'lmasligini" aytadi va shundan keyin ho'ngrab yuboradi.

Internetda serial 16 mln martadan ko'proq marta ko'rilgan. Ta`kidlanishicha, ko'pchilik tomoshabinlar serialdan zavqlanganlar. Tomoshabinlardan biri "Xitoy partiya idoralari qanday mushkul ish olib borayotganini o'z ko'zi bilan ko'rganini va ularning boddxisatvaning (Budda bo'lishga qaror qilgan kishi) yaxshiligi kabi ezgu ishlarini his qilganini" aytgan. Serial Xitoy kommunistik partiyasi markaziy qo'mitasining 18-chaqiriq 6-plenumi oldidan namoyish qilina boshlandi. Bu plenum 24-27 oktabrda bo'lib o'tadi.   

Xitoy raisi 2012 yilda hokimiyat tepasiga kelgandan keyin mamlakatda katta ko'lamli aksilkorruptsion kmpaniyani boshlagan. "Kurash "pashshalar" (mayda poraxo'rlar) va "yo'lbarslar"ga (yirik poraxo'r amaldorlar) qarshi olib borilishi lozim", deb aytgan Si Tszinpin. 


Комментарии (0) | Добавить: 20.10.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

O‘zbekiston GM Uzbekistan avtomobillari narxlarini oshirmaydi
Shohrux reperning o‘n yillik tanaffusdan keyingi ilk konsertidan fotoreportaj
Ekspertlar Xitoyning C919 birinchi yo‘lovchi samolyoti parvozga tayyorligini tasdiqladi
Shavkat Mirziyoyev yangi Chevrolet Malibu avtomobilida shahar aylandi
Londonda navbatdagi fojia: haydovchi odamlarni bosib ketdi
Kamchatkadagi vulqon 200 yildan keyin uyg'ondi
Prezident Virtual qabulxonasi pullik bo'lgani haqidagi mish-mishlar rad etildi
Yo'ldagi qoidabuzarliklar uchun jarimalarni uydan to'lash imkoni paydo bo'ldi
Tarixda birinchi marta yengil avtomobil Antarktidani kesib o'tdi
Tramp ma’muriyati Keystone neft quvuri qurilishini ma’qulladi
Apple kompaniyasi iPhone va iPad’ni noutbukka aylantiradi
Quruq mevalar — foydami yoki zarar?
4 yoshli bola Siri dasturi yordamida onasining hayotini saqlab qoldi
Zamonaviy qullikning alomatlari
Shavkat Mirziyoyev “Nazarboyev universiteti”ga tashrif buyurdi
Matn kiritishning yangi usuli o'ylab topildi
Wi-Fi’ni boshqarish tizimi ishlab chiqildi
Professional sartaroshdan sochlarni kesish qoidalari
Shavkat Mirziyoyev Qozog'istonga tashrifini boshladi
Erdo‘g‘on: Yevropa ortiq Turkiyaga ta’sir o‘tkaza olmaydi
Kiyimlar umrini uzaytirish yo‘llari
Xitoylik qiz yigitni oila qurishga ko'ndirish maqsadida 900ta taksini ijaraga oldi
Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingi taqdim etildi
Yevroittifoqda migrantlarga nisbatan eng salbiy munosabatda bo'luvchi millatlar
Bug'doyning foydali xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
22-martda Uzcard tizimida uzilishlar bo‘lishi kutilmoqda
Qon guruhini ikki daqiqada aniqlash usuli ishlab chiqildi
Instagram'dagi jonli translyatsiyalarni saqlash imkoni paydo bo'ldi
Forbes reytingi: dunyoning eng badavlat 20 insoni
«VKontakte» hamjamiyatlarga pul o'tkazish tizimini yo'lga qo'ydi