Xitoyda quyosh panellaridan iborat yo'lning bir bo'lagi o'g'irlab ketildi

Xitoyda noma`lum kimsalar quyosh barateyalari bilan qoplab chiqilgan yo'lning bir bo'lagini kesib olib, o'g'irlab ketishdi. Bu o'g'rilik tajribaviy yo'lning ishga tushirilganidan bor-yo'g'i 5 kundan keyin sodir bo'lgan. Shikastlangan yo'lni ta`mirlash uchun esa 4 kun talab qilingan, deb xabar bermoqda TechNode portali.

Yo'l 28 dekabrda ishga tushirilgandi. Bir kilometrlik yo'lda 10 mingdan ko'proq quyosh batareyasi o'rnatib chiqilgan. Yo'lning pastki qismi zich izolyatsiyalovchi material bilan, sirti esa qalinligi 3 sm dan kamroq bo'lgan shaffof qatlam bilan qoplangan. Yo'lda elektromobillar shundoq harakatlanish vaqtida quvvatlana olishi uchun induksion quvvatlash o'rnatilgan. Bundan tashqari, yo'l isitish tizimi yordamida qorni erita oladi. 

Yo'lni ishlab chiqqanlarning aytishicha, bu o'g'rilikdan moddiy naf yo'q, chunki Xitoyda ishlatilgan panellar juda arzon turadi. Biroq bunga ko'z yumib yuborishning iloji ham yo'q, chunki yo'lni tiklash uchun ancha mablag' talab etilgan. TechCrunch’ning ta`kidlashicha, yo'l bo'lagi raqobatchilar tomondan o'rganish va nusxa ko'chirish uchun o'g'irlangan bo'lishi mumkin.

Xitoy hukumati bu yo'lni o'z turidagi birinchisi deb atagandi. Biroq aslida bunday yo'lni 2016 yilda fransuzlar yaratishgan. Bir kilometrlik yo'l Turuvr-o-Persh shaharchasi orqali o'tgan va 5 mln dollarga aylangan. Biroq bu yo'l elektromobillarga quvvatlanishga imkon bermagan, ammo 5 ming kishilik shaharcha ko'chalarini yoritish uchun yetarli energiya hosil qilgan.


Комментарии (0) | Добавить: 07.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Suvni qachon ichgan ma`qul: ovqatgacha, undan keyin yoki ovqatlanish davomida?
Rasman: O‘zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladi
Ta’tildan qaytgach, ishga kirishish qiyin bo‘ladi. Nima qilish kerak?
Milliy xavfsizlik xizmati faoliyati ustidan Parlament nazorati mexanizmlari belgilanadi
Ulug‘bek Qodirov yangi qiyofada. Xiva xonligi bosh vazirining sirli o‘limi haqida film suratga olinadi
Toshkentda 6 kishi bir kishini temir va yog‘och bilan urib tashladi
«GM Uzbekistan» «Chevrolet Orlando» ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda
Xitoyda sog'lom uyqu uchun antiqa karavot yaratildi
Suares «Barselona» tarixiga kirdi
O'zbekistonda o'lcham birliklari tartibga solinadi
Eronning eng yirik zamonaviy harbiy kemasi ikkiga bo'linib ketdi
Video: Prezident Shavkat Mirziyoyevni bir kuni
O‘zbekistonda anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda
Neymarning o'rnini bilintirmayotgan futbolchi
Facebook o'z lentasida OAV yangiliklarini kamaytiradi
G'ijduvon va Urgutda Qur`on musobaqasi g'oliblari aniqlandi
Eron Turkiyaga ultimatum qo'ydi
AQShda hukumat moliyalashtirilishi to‘xtatilishi tufayli Ozodlik haykali sayyohlar uchun yopildi
2018-yilda O‘zbekistonda barcha telefon raqamlari “7 raqamli” tizimdan “9 raqamli” tizimga o‘tkaziladi
«Huawei»ning yangi texnologiyasi smartfonlarni 5 daqiqada quvvatlaydi
«iPhone X»ga talab past. «Apple» uni ishlab chiqarishdan to‘xtatishi mumkin
O‘zbek bokschisi Menni Pakyaoga qarshi jang qilishi mumkin
Jahon neft zaxiralari miqdori ma`lum qilindi
Turkiya Suriyada urush boshladi. Qachon tugashi noma`lum
Amerika hukumatining chirog‘i o‘chirib qo‘yildi
Chegaradosh va xorijiy davlat fuqarolari qancha miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirishi mumkin?
Kichik Roy Jonsning eng so'nggi jangidagi raqibi ma`lum
Kanadada Facebook’ka joylashtirilgan selfi yordamida qotillik fosh etildi
Prezident qarori bilan shrot va sheluxa sotadigan barcha korxonalar tugatildi
Nahotki?! Bitkoin AQSh maxsus xizmatlari loyihasi ekani aytildi