У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda sobiq siyosatchi pora olganlik uchun 15 yilga qamaldi

calendar 12.01.2016
768

Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri sobiq o'rinbosari Li Dunshen korruptsiyada ayblanib, 15 yilga qamaldi. Bu haqda Weibo ijtimoiy tarmog'iga asoslanib, Xitoy markaziy televideniesi (CCTV) xabartarqatgan.

Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, bu sud hukmi Tyantszin shahrida o'qilgan. Bu bo'yicha jinoiy ish 2015 yilning avgustida qo'zg'atilgandi. Li Dunshen jami 21,98 million yuan (taxminan 3,3 mln dollar) miqdorida pora olganlikda ayblangan.

Uning shaxsiy mulki xatlanganida, 1 million yuanga baholangan. Sobiq amaldor hukmga e'tiroz bildirmagan.

2013 yilning dekabrida Xitoy kompartiyasi Li Dunshenni barcha lavozimlaridan ozod qilgandi.

Li Dunshen 2009 yilning oktyabrida Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri o'rinbosari etib tayinlangandi.

Яндекс.Метрика