У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda suv ostida qolgan GESdan 31 nafar xodim evakuatsiya qilindi

calendar 02.10.2016
994

Xitoy janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasi, Szinxun shahridagi gidroelektr stansiyasi kuchli yomg‘irlar keltirib chiqargan toshqin tufayli 1-oktabr, shanba kuni kechki payt suv ostida qoldi. Rasmiylar korxonaning 31 nafar xodimini evakuatsiya qilishga ulgurdi, deb xabar beradi “TASS”.

Daryodagi suv sathi kecha kechki payt ko‘tarila boshladi. So‘ng oqim GESni to‘sib turgan devorni yuvib ketdi va inshootning bir qismi, jumladan, mashina zalini suv bosdi.

Hozirda rasmiylar qo‘shni tumanlarga elektr energiyasini uzluksiz yetkazish yuzasidan shoshilinch choralar ko‘rmoqda.

Яндекс.Метрика