У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda telefonidan boshini ko'tarmagancha ketayotgan ayol kanalga tushib, cho'kib ketdi

calendar 06.01.2016
1540

Xitoyda telefonidan boshini ko'tarmagancha kanal chetidagi yo'ldan ketayotgan ayol kanalga yo'nalayotganini payqamay, unga tushib cho'kib ketdi. Noxush voqea 6 yanvarda Venchjou shahri tumanlaridan biridagi qishloqda sodir bo'ldi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

28 yoshli bu ayolning turmush o'rtog'ining aytishicha, u rafiqasining cho'kib ketganini politsiya ayolning poyafzalini suvda topgandan keyingina bilgan. Ayolning kanalga tushib ketgani videokuzatuv kameralari tomonidan qayd qilingan.

Mahalliy hokimiyat qishloq aholisini kanallar bo'ylab ketayotganda ehtiyotkor bo'lishni hamda harakatlanayotganda butun e'tiborlarini o'z gadjetlariga qaratmaslikka chaqirdi.

Smartfonlar ba'zida o'z egalarining shikastlanishiga, ba'zida esa halok bo'lishlarigacha olib keladi. Bunday holatlar ko'pincha selfi olish vaqtida yuz beradi.

Яндекс.Метрика