У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda “Vikipediya”ga to'liq to'siq qo'yildi

calendar 08.12.2015
1133

Xitoyda yana bir marta “Vikipediya” to'liq bloklandi. Bu safar elektron entsiklopediyaning himoyalangan HTTPS protokoliga o'tishi bunga sabab bo'ldi, deya xabar qilmoqda PixelsTech portali.

HTTPS protokoliga o'tilishi Xitoy hukumatining “Vikipediya” orqali tarqatilayotgan materiallar ustidan nazorat o'rnatishiga imkon bermay qo'ydi. OAV ma'lumotiga ko'ra, endilikda xitoy foydalanuvchilari nafaqat xitoycha sigment, balki butun boshli entsiklopediyaga kira olishmaydi.

Xitoyda birinchi marta elektron entsiklopediyaga cheklov 2004 yilning iyunida Tyananmen maydonidagi hodisalarga bir to'lishi munosabati bilan joriy etilgan edi. Shundan so'ng “Vikipediya” ko'p marotaba bloklandi.

Яндекс.Метрика