У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyda yaratilgan magnit yostiqchali poyezd soatiga 600 kilometr tezlikka erishdi

calendar 03.11.2016
1234

Xitoyning CRRC kompaniyasi maglev — magnit yostiqchali poyezdning yangi turini yaratdi. Takomillashtirilgan texnologiyalar kelajak transportiga tezlikni soatiga 600 kilometrga chiqarish imkonini berdi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar bermoqda

O‘tgan yili Yaponiya maglevi soatiga 590 kilometr tezlikka erishgandi. Biroq poyezd birinchi yo‘lovchilarini 2027-yildagina tashishi mumkin, chunki bundan oldinroq mazkur transport liniyasini qurishning imkoni yo‘q. 

Xitoy kompaniyasi vakillari yangi turdagi maglev yaratilgani va avvalgi rekorddan 10 kilometrga oshilganini bildirmoqda. Sinovlar buning uchun maxsus qurilgan 5 kilometr uzunlikdagi yo‘nalishda amalga oshirildi. 

Mamlakatda hozirning o‘zida ham maglevlar to‘laqonli ishlamoqda. Shanxay markazini aeroport bilan bog‘laydigan yo‘nalishda magnit yostiqchali poyezdlar soatiga 430 kilometr tezlikda harakatlanmoqda. 

Яндекс.Метрика