У нас есть только
оригинальные песни

Xitoylik ayol folloverlari sonini ko'paytirish maqsadida o'z avtomobilini yoqib yubordi

calendar 14.10.2016
1429

Xitoyning Dalyan (Lyaonin provinsiyasi) shahrida istiqomat qiluvchi ayol ko'pchilikning e`tiborini jalb qilish maqsadida jonli efirda o'z avtomobiliga o't qo'ydi. Mazkur rolik CCTV News kanali tomonidan taqdim etildi. 

Qiz olovni mustaqil ravishda o'chira olishiga umid qilgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan. Shunda u o't o'chiruvchilar xizmatiga qo'ng'iroq qilgan, ular yong'inni o'chirishga muvaffaq bo'lishgan. 

Ma`lumotlarga ko'ra, qiz yong'in sodir etganligi uchun politsiya tomonidan qo'lga olingan. Manbada ta`kidlanishicha, jonli translyatsiyalar Xitoyda juda mashhur bo'lib bormoqda - ekspertlar striming bozorini 11 milliard AQSh dollariga baholashmoqda. 

Яндекс.Метрика