У нас есть только
оригинальные песни

Xitoylik ayol rekord uchun sochlarini 2,5 metr o'stirdi

calendar 13.10.2015
2546

Xitoylik Gi Meng Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun 35 yil davomida sochlarini 2,52 metrgacha o'stirdi, deya xabar bermoqda China Daily nashri. Yunnan provintsiyasida yashovchi 59 yoshli ayol ishlayotgan vaqtda sochlarini avval boshida besh marta, so'ngra belida uch marotaba aylantirib qo'yadi. Ayolning aytishicha, kokili uning asosiy boyligi. Uning fikriga ko'ra, uzun sochlar salomatlik uchun foydali. Shu bilan birga, Gi Meng China Daily nashriga sochlari yuvganidan bir hafta o'tibgina qurishidan shikoyat qilgan. Bundan avvalroq ayol sochlari uchun taklif etilgan 19 ming yuan (taxminan 3 ming dollar)dan Ginnesning Rekordlar kitobiga kirish niyati borligi uchun voz kechgan. Ayni paytda birinchi o'rinda boshqa xitoylik ayol — Ksi Kuiping turadi. U 2004 yilda o'zining 5,6 metrlik sochlari bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
Яндекс.Метрика